"Siti" ham Draksler uchun kurashga qo‘shildi

  • 10 aprel, 2018, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerga qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga qaraganda “shaharliklar” 24 yoshli germaniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu transfer esa 60 mln evroga baholanmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Draksler uchun Katalonayaning “Barselona” klubi ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Draksler joriy mavsum PSJ safida jami 41ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!