
Sinxron suzish: Hamyurtlarimiz 5-o‘rinda
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan sinxron suzish bahslarining final bosqichi o‘z yakuniga etdi. Ushbu bosqichda hamyurtlarimizdan Anna Eltisheva va Anastasiya Morozova juftligi ham ishtirok etib, yakunda 5-o‘rinni band etishdi.
Qayd etish lozim, ushbu yo‘nalishda xitoylik sportchilar oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Yaponiya kumush, Qozog‘iston vakilalari esa bronza medaliga loyiq ko‘rilishdi.
Fikrlar