
Simona Xalep o‘ziga kelmoqda
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Qatar Total Open" turnirining chorak final bosqichida germaniyalik Yuliya Gyorges bilan raqobatlashdi.
Doxa shahrida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Unda Simona raqbini har ikkala setda tay-brekda mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan Xalep so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga chiqish uchun ukrainalik Elin Svitolina bilan raqobatlashadi.
Fikrlar