
Simona Xalep Qatarda o‘ynaydi
Joriy yil 11-17 fevral kunlari Qatarning Doxa shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan "Qatar Total open" turniri o‘tkaziladi.
Ushbu turnirda ishtirok etuvchi barcha tennischilar ro‘yxati aniq bo‘ldi.
Mazkur musobaqada ruminiyalik Simona Xalep, germaniyalik Anjelik Kerber va Yuliya Gyorges, yaponiyalik Naomi Osaka, chexiyalik Karolina Plishkova, gollandiyalik Kiki Bertens, latviyalik Anastasiya Sevastova va Elena Ostapenko, frantsiyalik Karolin Garsiya, avstraliyalik Eshli Barti, amerikalik Medison Kis, estoniyalik Anett Kontaveyt, ukrainalik Lesya Tsurenko, ispaniyalik Karla Suares Navarro, belaruslik Aleksandra Sosnovich kabi tennischilar bilan bir qatorda bir necha yosh tennischilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar