Shohjahon Ergashev 13 aprel kuni ringga ko‘tariladi

  • 19 fevral, 2019, 16:07
  • 4
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16-0-0, KO14) o‘zining navbatdagi jangini 13 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Tecno

Mazkur bellashuv Atlantik Siti (Nyu-Jersi shtati, AQSh)dagi Boardwalk Hall arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha 10 raund bo‘lishi kutilayotgan jangda Shohjahonning raqibi ma’lum emas.

Boks kechasining asosiy to‘qnashuvida muxlislar engilmas bokschilar amerikalik Klaressa Shilds (8-0-0, KO2) va germaniyalik Kristina Xammer (24-0-0, KO14) o‘rtasidagi chempionlik jangiga guvoh bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni ringga ko‘tarilgan va unda amerikalik engilmas bokschi Maykl Foksni (19-0-1, KO15) ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
LV Zohid
19/02/2019 17:52
Zo'r bolade shu Shoxjahon
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
19/02/2019 18:07
танийсизми?
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
19/02/2019 17:10
админла шахрам билан ҳам жанг ўтказармикин
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
19/02/2019 17:10
омад тилаймиз