Shmeyxel Mourino MYuni chempion qilishiga ishonmoqda

  • 4 sentabr, 2018, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy darvozabon Peter Shmeyxel jamoaning hozirgi ustozi Joze Mourino kelajakda MYu bilan chempion bo‘lishiga ishonmoqda.

Tecno

“Mourino eng zo‘r jamoalarda ishlagan va Chempionlar ligasi hamda APLda g‘olib chiqqan. Joze futbol uchun ko‘p yaxshi ishlar qildi. Lekin “Manchester Yunayted” – umuman boshqa daraja. Bu jamoa boy tarix va an’aga ega. MYu o‘tgan mavsum APLni 2-o‘rinda yakunladi va EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu yaxshi, bu ijobiy holat. Biz shunchaki unga vaqt va imkon berishimiz kerak. Ana shundan so‘ng MYu Angliya chempioni bo‘lishi mumkin”, - deydi Shmeyxel.

Eslatib o‘tamiz, MYu premer-liganing o‘tgan 4ta turidan so‘ng 6 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!