
Sherali Jo‘raev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I xalqaro turniri g‘olibi
Poytaxtimizda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va mamlakatimiz kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda dunyoning 40 ta davlatidan kelgan polvonlar mutlaq vazn toifasida 100 ming AQSh dollari uchun o‘zaro raqobatlashdi.
"O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I xalqaro turnirida hamyurtimiz Sherali Jo‘raev musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 50 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.
Kumush medal sohibi bo‘lgan polvonimiz Bekmurod Oltiboev esa 25 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. Tojikistonlik Temur Rahimov va rossiyalik Aslan Kambiev bronza medali va 10 ming AQSh dollari bilan taqdirlandi
Fikrlar