"Shaxtyor" - "Lion" uchrashuvi Kievda o‘tkaziladigan bo‘ldi

  • 4 dekabr, 2018, 21:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq UEFA ijroqo‘mi harbiy harakatlar bo‘lib o‘tayotgan xududlarda uchrashuvlar o‘tkazishni ta’qiqlagani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Ukraina xududida 30 kunlik harbiy holat joriy etilgani bois UEFA 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Shaxtyor” va “Lion” uchrashuvi Xarkovda o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Bugun tarqatilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuv poytaxt Kievdagi “Olimpiya” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “konchilar” EChLning 1/8 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun frantsuz klubini mag‘lubiyatga uchratishlari shart. Boshqa har qanday hisob ularni qanoatlantirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!