Shahram G‘iyosovga bugungi jangida omad tilaymiz

  • 17 avgust, 2018, 11:24
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov o‘zining to‘rtinchi jangini 17 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 18 avgust tongda) AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazadi.

Tecno

8 raund qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilikda hamyurtimizga Albert Mensa (31-6-1) raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram bugunga qadar 3 jang o‘tkazgan va ularning barchasida zafar quchgan va 2 tasini nokaut bilan yakunlagan. So‘nggi marta joriy yilning 14 iyunida ringga chiqib, meksikalik Daniel Echeverriani nokautga uchratgan edi.

35 yoshli Mensa esa 38ta jangdan 31tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bitta jangni durang bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
후르시드
17/08/2018 12:20
fudbolni jonli efirda qoyguncha shunaqa bokslani tashkil qilingla jonli efirda