Sergey Lushchan: Nima bo‘layotganini o‘zim ham bilmayman

  • 11 avgust, 2018, 20:48
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘yindan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan va jamoa sardori Sanjar Rashidovlar matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda "So‘g‘diyona" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Biror narsaga izoh berishim qiyin. Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Barchadan uzr so‘rayman. To‘g‘risini aytsam, nimalar bo‘layotganini o‘zim ham tushunmayapman. Raqib 3 ta vaziyatga ega bo‘ldi va barchasi gol bilan yakunlandi. AGMKni g‘alaba bilan tabriklayman. Yutuq jamoaniki, mag‘lubiyatda esa doim murabbiy aybdor bo‘ladi. Ishlashda davom etamiz", - deydi Sergey Lushchan

"Bugun g‘alaba qozonishni juda xoxlagandik. O‘yinni ham yomon boshlamadik. Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz qimmatga tushdi. Muxlislardan uzr so‘raymiz", - deydi Sanjar Rashidov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!