Sardor Azmundan ehtiyot bo‘ling! Chernogoriya – Eron 1:2 (Video)

  • 5 iyun, 2017, 08:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron terma jamoasi kecha, 4 iyun kuni Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Podgoritsa shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda eronliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinning 10-daqiqasida Sardor Azmun hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Stefan Yovetich muvozanatni tikladi. 60-daqiqada yana Sardor Azmun o‘z nomini tabloga yozdirdi va Eron termasi g‘alabani rasmiylartirdi.

O‘zbekiston termasi 12 iyun kuni Tehronda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Sardor Azmundan ehtiyot bo‘lishi kerak bo‘ladi. Zero, “Rostov” futbolchisi ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!