Sanjar Tursunov: “Terma jamoada endi hamma narsa o‘zgardi”

  • 1 oktabr, 2018, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangicha qiyofa kasb etib, har tomonlama yangicha yondashuvi asosida shakllanib borayotganini alohida e’tirof etsak arziydi. Ektor Kuper bosh murabbiylikka kelganidan keyin u avvalo futbolchilar bilan yaqindan tanishishni boshladi va shu asnoda terma jamoa darajasidagi bo‘lgan barcha o‘yinchilarni dastlabki yig‘inga jalb qilgan holda Suriya va Eronga qarshi o‘yinlar orqali ularni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazdi.

Tecno

Ilgari termaga chaqirilmay qo‘ygan futbolchilarni ham Kuper yig‘inga chaqirib sinovdan o‘tkazdi. Ayniqsa, yarim himoyachi Sanjar Tursunovning ham termaga yana qaytarilgani muxlislarning e’tiboridan chetda qolmadi. Ayni paytda Janubiy Koreyaning birinchi divizionida “Tedjon Sitizen” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz ham Kuperning e’tiboridan chetda qolmagani shuni ko‘rsatyaptiki, yangi mutaxassis chindan ham barcha o‘yinchilarimizni diqqat bilan va sinchkovlik bilan kuzatib borayotganini bildirmoqda. Tursunov bilan o‘zaro muloqot qilganimizda birinchi navbatda termaga qaytgani xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu qiziqarli intervyuni birozdan so‘ng saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!