
Sanches yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanches yana Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.
El Gol Digital tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli chililik futbolchiga "Atletiko" hamda "Valensiya" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida uning o‘zi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab "Old Trafford"dan ketishga qarshi emas. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum APLda jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar