
Sambochilarimiz hozircha jahon chempionatida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi
Buxarestda (Ruminiya) sambo bo‘yicha jahon chempionati-2018 musobaqasi davom etmoqda.
Kecha o‘tkazilgan bellashuvlarda vakillarimiz terma jamoamiz hisobiga ikkita medalni qo‘shib qo‘yishdi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda Nodira Gulova finalga etib kelib, hal qiluvchi bahsda rossiyalik Mariya Molchanovaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirning kumush medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, jangovar sambo yo‘nalishida +100 kg vaznda sportchilar ishtirokida kechgan qarama-qarshiliklarda Hakimjon Ismoilov finalda rossiyalik Valentin Moldovskovga yutqazib qo‘ydi va jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
Bugun musobaqaning so‘nggi kunida Davlatjon Hamroev (62 kg), Muhammadnozim Shukurov (82 kg), jangovar sambo bo‘yicha Islom Shukurov (52 kg), Ulug‘bek Hakimov (68 kg) va Bekzod Nurmatov (-90 kg) bahslarga kirishadi.
Fikrlar