
Sabina Sharipova Kreml kubogini g‘alaba bilan boshladi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo‘yicha "Premier" turkumiga kiruvchi "VTB Kreml kubogi" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi bahslarda saralash uchrashuvlari boshlandi.
Sovrin jamg‘armasi 932,866 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova isroillik ilk uchrashuvini Deniz Xazanyukka qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda hisob 6:7, 6:4, 3:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda Denis o‘yinni davom ettira olmasligini oshkor qildi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa, g‘alaba qozongan Sabina saralash bahslarining navbatdagi bosqichida rossiyalik Vitaliya Dyachenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar