
Rustamning "oltin"lari (foto)
Shu yilning 12-18 dekabr kunlari Qatarning Doxa shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada milliy terma jamoaning 6 nafar ishtirokchisi ishtirok etdi.
+105 kg.dan yuqori vaznda hamyurtimiz Jangabaev Rustam g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rustam dast ko‘tarishda 190 kg.ni zabt etdi. Siltab ko‘tarishda esa 240 kg.lik marrani egalladi. Jami 430 kg. natija ko‘rsatgan Rustam Jangabaev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bundan bir necha soat oldin Toshkent Xalqaro aeroportida og‘ir atletikachilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fotomuxbirimiz ob’ektivga muhrlagan fotolavhalarni tomosha qiling!
Fikrlar