
Ronaldudan ajoyib ko‘rsatkich
“Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Frozinone”ga qarshi (3:0) bahsda gol urib, A Seriyada 19 gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, 34 yoshli futbolchi mazkur bellashuvda golli pasga ham mualliflik qildi va ajoyib samaradorlik ko‘rsatdi.
So‘nggi 3 o‘yinda (“Parma” 2 gol, 1 assist, “Sassuolo” 1 gol, 2 assist va “Frozinone” 1 gol va 1 assist) Ronaldu gol+pas tizimida jami 8 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar