Ronaldu so‘nggi 13 yildan buyon "Yuventus"ning hech bir futbolchisi qila olmagan ishni uddaladi

  • 3 fevral, 2019, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 22-turida “Parma”ga (3:3) qarshi o‘yinda o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Shu tariqa, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘zining chempionatdagi gollari sonini 17taga etkazib oldi.

E’tiborlisi, so‘nggi 13 yildan buyon “keksa sinora”ning hech bir futbolchisi dastlabki 22ta turda bu qadar ko‘p gol ura olmay kelayotgan edi. So‘nggi bor 2005/06 yilgi mavsumda “Yuve”ning frantsiyalik hujumchisi David Trezege 22ta turda 18ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. U mavsum yakunida to‘purarlar poygasida Luka Tonidan (31) so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Yuventus" safiga o‘tgan yoz "Real" Madriddan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!