Ronaldu kecha "Yuventus" mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi

  • 13 fevral, 2019, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.

Tecno

Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Frozinone"ga (15 fevral) qarshi bahs oldidan 34 yoshli portugaliyalik futbolchiga biroz hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratib berishga qaror qilgan. Shu sababli u kecha faqatgina yakka tartibda shug‘ullangan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuve” safida jami 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
13/02/2019 11:26
Энди дам олса булади. Пули етарли