Ronaldo shifoxonaga yotqizildi

  • 13 avgust, 2018, 09:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldo Ibitsadagi shifoxonalarning biriga yotqizildi, deya xabar beradi Football Italia nashri. Ma’lum bo‘lishicha, unga pnevmoniya (zotiljam) xastaligi tashxisi qo‘yilgan.

Tecno

41 yoshli sobiq hujumchi bu vaqtda Ibitsa orolida oilasi bilan ta’tilni o‘tkazayotgan bo‘lgan. Shifokorlar pnevmoniya borligini tasdiqlashgan va Ronaldo xususiy klinikaga ko‘chirilgan.

Braziliyalik futbolchi ikki karra jahon chempioni va ikki karra Amerika kubogi sohibi hisoblanadi. U faoliyatini PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid” va boshqa jamoalarda o‘tkazgan.

Ronaldo Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan JCh-2018 turnirining ochilishi marosimida ishtirok etgan edi. Uning hamyurtlari musobaqaning chorak finalida o‘z yurishlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Ronaldo_4
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Ronaldo (markazda) 2002 yil

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!