"Roma" tez orada jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 2 avgust, 2018, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi "Sevilya" yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda La Gazzetta Dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha “bo‘rilar”ning sport direktori Monchi ushbu transfer yuzasidan faol ish olib bormoqda. Uning fikricha 29 yoshli frantsiyalik futbolchi yozgi transferlar derazasi yopilgunicha albatta Rimga ko‘chib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan N'Zonzi o‘tgan mavsum “Sevilya” tarkibida jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!