
"Roma" o‘z safida Xorvatiya terma jamoasi a’zosini ko‘rmoqchi
Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha "Roma"ning diqqat e’tibori "Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vidaga qaratilgan. Bu borada rimliklarga "Inter", "Fulxem", "Monako", "Atletiko" va "Arsenal" klublari raqobat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Vida o‘tgan yoz JCh-2018da Xorvatiya terma jamoasi safida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. U joriy mavsum turk klubida 23ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transferi esa 10 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar