
Rojer Federer: Nadal va Jokovichga qarshi o‘yinda hayajonlanaman
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer dunyoning birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal va serbiyalik Novak Jokovich haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
"Men doimo g‘alaba qozonishimga ishonaman. Hattoki, "Rolan Garros" turnirilarining final uchrashuvlarida ham o‘zimga ishonganman, lekin mag‘lub bo‘lganman. Bunday vaziyatlar meni doimo olg‘a boshlagan. Lekin Rafa bilan o‘tadigan o‘yinlarda o‘zimga ishonchim bir oz yo‘qolladi.
Bu ko‘pchilik tennischilarda bo‘ladi: kortga chiqasan, raqibing senda ko‘ra yaxshi holatda va sen o‘z o‘yiningni namoyish eta olmaysan. Bu holatdan chiqib ketish juda qiyindir. Menga Rafael Nadal va Novak Jokovichlarga qarshi o‘ynash har doim lazzat bag‘ishlagan", – deydi Rojer.
Fikrlar