
Robben: Mavsum yakunlangach butsalarimni mixga ilaman, agar...
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robbenning so‘zlariga ko‘ra u kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlashi yoki umaman futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.
“Bavariya”dan ketish bu bir kechada qabul qilingan qaror emas. Aynan hozir jamoadan ketish uchun eng qulay payt. Barchasi hal bo‘lganidan xursandman. Endi men bu erda faoliyatimdagi so‘nggi oylarni zavqlanib o‘tkazishim mumkin. Buning o‘zi alohida bir mavzu.
Agar men o‘zim uchun qiziqarli bo‘lgan taklif olsam, faoliyatimni davom ettirishim mumkin. Biroq, agar bunday bo‘lmasa men butsalarimni mixga ilishga majburman”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Robbenning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar