
"River Pleyt" muxlislari Buenos-Ayresda yana tartibsizlik qilishdi
"River Pleyt" klubi muxlislari kecha "Boka Xuniors"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Libertadores kubogi final bahsidan so‘ng Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida katta tartibsizliklar keltirib chiqarishdi. Aytish lozimki shu kuni "River Pleyt" 3:1 hisobida g‘ala qozonib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O‘z navbatida shahar politsiyasi janjalkash muxlislarga qarshi kuch ishlatishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, bu “River Pleyt” muxlislarining birinchi marta qilgan tartibsizligi emas. Ular bundan bir necha kun muqaddam asli Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan “Boka Xuniors”ga qarshi bahs boshlanishidan avval raqib jamoa a’zolari o‘tirgan avtobusga hujum qilishgan va stadion atrofida tartibsizliklar keltirib chiqarishgan edi.
Fikrlar