
"River Pleyt" himoyachisi: Biz "Real"ni engib, klublar o‘rtasidagi jahon chempioni bo‘lmoqchimiz
Kecha Madridda “Boka Xuniors”ni taslim etib Libertadores kubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan "River Pleyt" klubi himoyachisi Jonatan Maydananing aytishicha ular BAAdagi musobaqada “Real”ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishni maqsad qilishgan.
“Biz “Real”ni mag‘lub etish uchun boramiz. Bizning maqsadimiz – klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqish”, - deydi Maydana.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 12-22 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. “River Pleyt” ham, “Real” ham ushbu musobaqani yarim final bosqichidan boshlashadi.
Turnirda shuningdek "Gvadalaxara" (Meksika), "Esperans" (Tunis), "Kashima Antlers" (Yaponiya), "Tim Vellington" (Novaya Zelandiya) va "Al-Ayn" (BAA) klublari ham ishtirok etishadi.
Fikrlar