
Reshford: Ronalduning o‘yinlaridan ilhomlanaman
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Markus Reshford "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yinlaridan ilhomlanishini aytdi.
“Odatda uning yoshidagi aksariyat futbolchilar faoliyatlarini yakunlash haqida o‘ylay boshlashadi, chunki ularning o‘yin saviyasi tushib ketadi. Ammo Ronaldu hamon to‘xtash o‘ylayotgani yo‘q. Meni undan ko‘ra ko‘proq ilhomlantiradigan futbolchi yo‘q”, - deydi angliyalik iqtidor egasi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 14ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 8ta gol urishga va jamoasining 5ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Reshford esa MYu safida 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar