
Remzi "Yuventus"ga o‘tadi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi katta ehtimol bilan faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi turinliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi esa 8 mln evro bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, Remzining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u mavsum yakunlangach “Yuve” safiga mutlaqo tekinga ko‘chib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Remziga 1,5 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar