
"Real" yozda kimlarni olib kelishi aniq bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azar "Real"ning mavsumlar oralig‘idagi oralig‘idagi eng asosiy transfer rejalaridan biriga aylangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra "qirollik klubi" yozda "Sevilya" sport direktori Ramon Monchini, David de Xeani, qolaversa, yana ko‘plab super futbolchilarni jamoaga olib kelmoqchi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha Azarning nomzodi rahbariyat tomonidan ma’qullangan. Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham belgiyalik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. O‘z navbatida klub prezidenti Florentino Peres "Yuventus"dan Paulo Dibalani olib kelmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, "Real" Azarni qo‘lga kiritish uchun Isko, Morata va Xames Rodrigeslarning transferidan keladigan mablag‘ni sarflamoqchi.
Fikrlar