
"Real" bugun Moskvada TsSKA mehmoni bo‘ladi
Bugun UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.
Jumladan, musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan Madridning “Real” klubi Moskvada TsSKA mehmoni bo‘ladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- TsSKA o‘z maydonida o‘tkazilgan evrokubok uchrashuvlarining so‘nggi 11tasida bor yo‘g‘i 2 marta g‘alaba qozongan (4ta durang, 5ta mag‘lubiyat).
- TsSKA o‘z maydonida hech qachon ispan klublariga yutqazmagan. 3 marta durang o‘ynab, 1 marta g‘alaba qozongan. Ular so‘nggi bor ispan klublaridan aynan “Real” bilan o‘ynashgan (2012).
- “Real” Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 18ta safar bahsidan bor yo‘g‘i 3tasida mag‘lub bo‘lgan.
- “Real” evrokuboklar doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 34ta o‘yindan bor yo‘g‘i 4tasida imkoniyatni boy bergan (23ta g‘alaba, 7ta durang).
- “Real” rus klublariga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 10ta o‘yindan 4tasida mag‘lub bo‘lgan.
TsSKA Moskva – "Real" Madrid
Stadion: "Lujniki" (Moskva)
Boshlanish vaqti: 00:00
Bosh hakam: Ovidiu Xatsegan (Ruminiya)
Taxminiy tarkiblar:
TsSKA: Akinfeev – Fernandes, Bekao, Chernov, Nababkin – Biyol, Axmetov – Vlashich, Dzagoev, Oblyakov – Chalov.
"Real": Navas – Karvaxal, Varan, Valexo, Nacho – Kazemiro, Kroos, Modrich – Asensio, Benzema, Mariano.
Fikrlar