
"Real" TsSKAni mensimadi
Unga ko‘ra, Garet Beyl va Serxio Ramoslar Moskvaga uchmagan va Madridda qolishgan. Beyl kechagi o‘yinda jarohat olgan edi. Lopetegi Ramosga dam olish imkonini berish uchun shunday qarorga kelgan
Shuningdek jarohti bor Isko va Marselolar ham Moskvadagi o‘yinda "qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi.
To‘liq ro‘yxat esa quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabonlar: Kurtua, Navas, Kasilya;
Himoyachilar: Karvaxal, Valexo, Varan, Nacho, Odriosola, Regilon;
Yarim himoyachilar: Kroos, Kazemiro, Modrich, Valverde, Lorente, Asensio, Sebalos;
Hujumchilar: Mariano, Benzema, Vaskes, Vinisius.
Ma’lumot uchun, TsSKA - "Real" o‘yini 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar