
“Real” PSJning hujum triosini buzib yubormoqchi
Madridning “Real” klubi Neymar, Kilian Mbappe va Edinson Kavanilardan tashkil topgan PSJning hujum triosini buzmoqchi.
Unga ko‘ra yuqorida nomlari tilgan olingan futbolchilarning dastlabki ikki nafarini qo‘lga kirita olmagan madridliklar trioning uchinchi vakili – Edinson Kavanini o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” bu borada allaqachon 31 yoshli urugvaylik futbolchi bilan aloqaga chiqishga ham ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq italiyalik mashhur agent Federiko Pastorello ham Kavanining “Real”ga o‘tishini tahmin qilgan edi. Futbolchining agenti esa uning transfer bahosi kamida 70-80 mln evro bo‘lishini aytgan.
Fikrlar