"Real Madrid Foundation Clinic” murabbiylari Andijonga tashrif buyurishdi

  • 22 noyabr, 2018, 08:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan, ayni kunlarda Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Xaver Vara va Ektor Visentelar “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo‘yicha yurtimizda bo‘lib turishibdi.
 
Surxondaryo, Buxoro va Qoraqalpog‘istondan keyin ispaniyalik mutaxassislar Andijonga tashrif buyurishdi va “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo‘yicha  hududiy futbol akademiya tarbiyalanuvchilariga mahorat darslarini o‘tkazishdi. 
 
Shuningdek, Xaver Vara va Ektor Visente tomonidan hududiy futbol akademiyalar murabbiylari uchun seminar o‘tkazildi. Andijondagi seminar va mahorat darslari 23 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!