
"Real" Kavanining transferi borasida ilk rasmiy taklifini yubordi
Madridning "Real" klubi PSJ to‘purari Edinson Kavanining transferi borasida ilk rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda football.fr nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 31 yoshli urugvaylik futbolchi uchun parijliklarga 60 mln evro to‘lashga tayyor. Kavanining o‘ziga esa yiliga 12 mln evro maosh va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kavanining agenti uning taxminiy narxini 70-80 mln evroga baholayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Kavani o‘tgan mavsum PSJ safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 48ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar