
"Real" Kavani uchun 80 million to‘lamoqchi, PSJ esa 100 million so‘ramoqda
Madridning "Real" klubi PSJ to‘purari Edinson Kavanini sotib olishga urunib ko‘rmoqchi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “qirollik klubi” 31 yoshli urugvaylik futbolchi uchun Frantsiya chemioniga jami 80 million evro (shundan 20 millioni bonus) to‘lashga tayyor. Biroq, parijliklar Kavanini 100 million evrodan kamiga sotishmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Real" Kavanini sotib olishdan voz kechgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar