"Real" EChLDa ketma-ket 3-marta g‘olib chiqdi

  • 27 may, 2018, 01:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun EChLda final bahsi bo‘lib o‘tdi. Bosh sovrin uchun Ispaniyaning “Real” hamda Angliyaning “Liverpul” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Tecno

Klublar miqyosidagi eng kuchli turnirning hal qiluvchi o‘yinidan SPORTS.uz internet axborot portali matnli translyatsiya amalga oshirdi.

Yangilash

90+3 O‘yin yakunlandi. "Real" EChLda ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqdi!

90' Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berldi

89' Zidan Benzemani maydondan oldi va uning o‘rniga Asensioni tushirdi

86' "Real" shoshmayapti, bu tabiiy

83' Milner o‘rniga Emre Jan maydonga tushdi

83' Goool! Beeeyl! Garet uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Kariusdan navbatdagi xatolik va 3:1

83' Sado Manega bosh hakam Milorad Majich sariq kartochka ko‘rsatdi

81' Beyl tomonidan o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni Benzema to‘xtatmasdan tepdi va Kariusdan ajoyib seyv

80' Asosiy vaqt yakunlanishiga 10 daqiqa qoldi

77' Ronaldu raqibni alday olmadi va to‘pni yo‘qotdi, bugun Krishtianu hozircha "o‘z so‘zini aytmadi"

76' Temp daxshatli darajaga chiqdi, haqiqiy final ko‘rmoqdamiz

75' Beylning zaxiradan tushib gol urishi uchun 122 soniya kifoya qilibdi

74'  Ronalduuu! Birga-bir chiqib ketayotganida Robertson xavfni bartaraf etdi

74' "Liverpul" gol o‘tkazib yuborgach to‘liq ustunlikni qo‘lga olli, "Real" esa qarshi hujumlarda raqibni "jazolamoqchi"

71' Maneee! Uzoqdan  zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi

69' Mane sal qolsa birga-bir vaziyatga chiqib ketar edi, Ramos qaytardi

68' Uchrashuv davom etadi, do‘stlar. Hozircha hisob 2:1

64' Goooool! Garet Beeeeyl! Qanday gol? Marselo chap qanotdan Beyl tomoni ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Uelslik yulduz "qaychi" uslubida xuddi Ronaldu singari gol kiritdi - 2:1

61' Zidan ilk o‘zgarishni amalga oshirdi. Isko o‘rniga Garet Beyl maydonga tushdi

60' Uchrashuvda  kiritilgan gollarni Telegram messenjeridagi rasmiy sahifamiz orqali tomosha qilish imkoniga egasiz @sports_uz

59' "Real" to‘p nazoratini qo‘lga olishga intilyapti, "Liverpul" esa pressing qilmoqda

55' Gooool! Maneeee! "Livepul" burchak zarbasini amalga oshirdi. "Real" jarima maydonidagi pala-partishliklardan so‘ng Mane yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi - 1:1

52' Ishoning, Karius yo‘q joydan o‘z jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi

51' Goool! Karim Benzemaaaa! Karius yosh bolalarcha xatolikka yo‘l qo‘ydi va Benzema hisobni ochdi - 1:0.

47' Isko "Liverpul" himoyasidagi pala-partishliklardan unumli foydalanib, yaqin masofadan zarba berdi. To‘p esa darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi

46' Ikkinchi bo‘lim start oldi

00:50 "Real" - "Liverpul". Birinchi bo‘limdan qaynoq fotogalereya

 45+3' Birinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga etdi, tanaffus

45+2' Benzema uzoqdan zarba yo‘lladi, noaniq

45' Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi

44' Nachooo! Qanotdan uzatib berilgan to‘pni to‘xtatmasdan zarba berdi, biroz noaniq

43' Benzemaaaa qaytgan to‘pga zarba berib gol urdi, ammo, unga qadar Ronaldu ofsaydda qolgan ekan. Gol inobatga olinmadi

37' Yo‘q... Karvaxal ham jarohat olib maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Nacho maydonga tushdi

35' Karvaxal ham jarohat oldi, uning ko‘zida yosh, yordam ko‘rsatilmoqda

33' Darvoqe, do‘stlar, Zidan 2017 yil "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi tarkibni bugun ham o‘ynatmoqda va bunaqasi turnir tarixida bo‘lmagan ekan

32' Saloh maydonni tark etdi va endi "Real" bosimni oshirmoqda

30' Yo‘q, afsus... Saloh o‘ynay olmaydi. Uning o‘rniga Adam Lallana maydonga tushirildi

28' "Liverpul" burchak zarbasiga ega bo‘ldi va Navasga nisbatan hujumda fol ishlatildi

26' Saloh maydonga qaytdi, elkasida og‘riq sezayotgani ko‘rinib turibdi 

25' Saloh Ramos bilan yakkakurashda elkasidan jarohat oldi. Maydonda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda 

23' O‘xxx! Firmino yaqin masofadan zarba berdi, himoyachilar qaytardi. Qaytgan to‘pga Arnold zarba berdi, Navasdan superseyv

21' O‘yinning 21 daqiqasi ortda qoldi, bugun tezkor gol guvohi bo‘lmadik

17' Saloh to‘pni o‘yinga kiritdi va van Deyk ikkinchi qavatda g‘olib chiqib, zarba yo‘lladi, noaniq

16Karvaxal to‘pni ortga, Ramosga qataraman deb xato qildi va burchak zarbasi "Liverpul"da

15' Ronaldu tezkor qarshi hujumdan so‘ng o‘ng qanotdan kirib kelib darvozaga zarba yo‘lladi, biroz yuqoridan ketdi...

15' Do‘stlar, "Liverpul" hozircha "Real"ga zarracha ham imkon qoldirmayapti

12 ' Dastlabki  10 daqiqada ustunlikni "qizillar"ga bergan "Real" asta-sekin to‘p nazoratini o‘zida ushlab turibdi

10' Marselo jarima maydoni tashqarisidan turib zarba berdi, noaniq

7' "Liverpul" dastlabki  daqiqalardanoq o‘yinda ustunlik o‘z qo‘liga oldi

6' Mane birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga bir baxya qoldi, Marselo to‘pni tepib yubordi

5' Milner hamda Saloh jarima zarbasini o‘ziga hos amalga oshirishga harakat qildi, himoyachilar havfni bartaraf etishdi

4' Marselo Salohni yiqitdi. Jarima zarbasi inglizlarda...

3' "Liverpul" to‘p nazoratini o‘zida ushlab turishga harakat qilmoqda

2' "Real"ning dastlabki xavfli hujumida Isko ofsaydda qolib ketdi

1' O‘yinni "qizillar" boshlab berishdi. "Real" bugun o‘zining oq, "Liverpul" esa qizil rangdagi libosda o‘ynashmoqda

23.45 Diqqat, o‘yin boshlandi!

23:43 Jamoalar EChL madhiyasi sadolari ostida maydonda saf tortishdi

23:40 Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari. Bir necha daqiqalardan so‘ng Kievdagi "Olimpiya" stadionida barchamiz orziqib kutgan final bahsi boshlanadi. Jamoalar maydonga chiqisha tayyorlar. Bizni kuzatishda davom eting.

EChL. Final

23.45 “Real” (Ispaniya) – “Liverpul” (Angliya) 3:1 #Tugadi

Gollar: Karim Benzema (51), Garet Beyl (64, 83) - Sado Mane (55)

“Real”: Navas, Karvaxal (Nacho 37), Ramos, Varan, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Ronaldu, Benzema (Asensio 89), Isko (Beyl 61).

Zaxira: Kasilya,  Teo, Vaskes, Kovachich.

"Liverpul": Karius, Aleksandr-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Xenderson, Milner (Jan 83), Veynaldum, Saloh (Lallana 30), Mane, Firmino.

Zaxira: Minole, Klayn, Klavan, Moreno, Solanke.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!