
"Real" "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Ayntraxt" forvardi Luka Yovichga qiziqib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 21 yoshli serbiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq qo‘lga kiritmoqchi. Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Bavariya", "Barselona" va "Liverpul" klublari ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, "Ayntraxt" Yovichni 2017 yil 200 ming evro evaziga “Benfika”dan ijaraga olgan edi. Endi frankfurtliklar mavsum yakunlangach uni 13 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga egalar. Shundan so‘ng ular Yovichni 40 mln evroga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Yovich joriy mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar