
Rasman! PSJ Tiago Motta bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
Italiyalik yarim himoyachi Tyago Motta yana bir mavsum PSJda qoladigan bo‘ldi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha parijliklar 34 yoshli futbolchi bilan 30 iyunda yakuniga etgan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishgan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq bir qator OAVlar Mottaning PSJ bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani va shu sababli jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Motta PSJ safiga 2012 yilda Milanning “Inter” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U bu vaqt ichida Parij klubi safida jami 203ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan va bu o‘yinlarda o‘z hisobiga 11ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar