Rasman! Ignatiy Nesterev faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi

  • 27 yanvar, 2019, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

So‘nggi bir necha mavsumdan buyon “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali darvbozabon Ignatiy Nesterov faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda 35 yoshli posbon “Uxud” klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Nesterov o‘tgan mavsum Superligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27ta gol o‘tkazib yubordi, 9ta o‘yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2002 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Nesterovning yangi jamoasi ayni damda Saudiya Arabistoni chempionatida 16 turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!