
Rasman! Emre Jan “Liverpul”ni tark etdi
Germaniyalik yarim himoyachi Emre Jan rasman “Liverpul”dan ketdi. Mersisaydliklar rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etgan.
Ma’lumot uchun, Emre Jan “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 167ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jan faoliyatini Turinning “Yuventus” klubida davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar