Rakitich: Dunyoning eng zo‘r futbolchisi shubhasiz Messi, lekin bu yil Modrichga ataldi

  • 11 sentabr, 2018, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Real” a’zosi hisoblangan hamyurti Luka Modrich joriy yil dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini aytdi.

Tecno

“2018 yilda kim eng zo‘ri va eng yomoni bo‘lgani borasida aniq javob aytishim mumkin. Chunki, Messi usiz ham dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Bu borada gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Lekin, bu yil Modrichning yili bo‘ldi. Agar u bu yil eng yaxshi deb topilmasa, bilmadim buning uchun yana nima qilish kerak. Mening nazarimda sovrin uning qo‘lida bo‘lishi kerak”, - deydi Rakitich.

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2018 yilda hozircha 2ta shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritdi. Dastlab JCh-2018da musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa, keyinroq UEFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko‘rildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!