
RPL. Afoninning jamoasi peshqadamga aylandi
Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Orenburg" klubi bu tur Maxachqalada "Anji" mehmoni bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda dog‘istonliklar raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Afonin odatdagidek uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng "Orenburg" jamg‘argan ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar