
Pulishich AQSh terma jamoasi tarixidagi eng yosh sardorga aylandi
Xabaringiz bor kecha AQSh terma jamoasi FIFA kunlari munosabati bilan Italiyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Shu kuni okean orti terma jamoasini “Borussiya” Dortmund xavbeki Kristian Pulishich sardor sifatida boshlab tushdi. E’tiborlisi, 20 yoshli futbolchi shu tariqa AQSh terma jamoasi tarixidagi eng yosh sardorga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh kechagi bahsda Italiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar