Pro-liga. "Andijon" navbatdagi nazorat bahsida ham raqib darvozasiga 4ta gol urdi

  • 26 iyul, 2018, 08:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Pro-ligada qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Bundan unumli foydalanishni maqsad qilgan “Andijon” jamoasi Chirchiqda tayyorgarlik ko‘rib qaytdi.

Tecno

“Burgutlar” kecha o‘zlarining yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat bahsini Pro-liganing “A” guruhidi ishtirok etayotgan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubiga qarshi o‘tkazishdi. Gollarga boy kechgan bahsda “Andijon” 4:2 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

"Andijon" - "Sho‘rtan" 4:2

Gollar: Shahboz Jumaboev, Qadamboy Nurmetov, Qadamboy Nurmetov, Farhod Mirahmatov ("Andijon"), Jonibek Mirzaqulov, Yusuf Bo‘riev ("Xorazm").

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi o‘yinlarda "Andijon" "Nurafshon" va "Xorazm"ni bir xil - 4:1 hisobida engan edi.

Shu tariqa Chirchiqdagi yig‘inni tamomlagan "burgutlar" 28 iyul kuni o‘z qarorgohlarida yig‘ilishadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!