
Poytaxtimizda yopiq suv havzasi foydalanishga topshirildi (Foto)
Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangi, usti yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Bektemir tumanida qad rostlagan zamonaviy, usti yopiq suzish havzasi shu erda istiqomat qiladigan aholi, ayniqsa, bolalar uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
– Maktabimizda tashkil etilgan o‘n olti sport to‘garagida 750 o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda, – deydi tumandagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Tohir Egamqulov. – Tarbiyalanuvchilarimiz mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Usti yopiq suzish havzasining foydalanishga topshirilgani maktabimizda suzish to‘garagini tashkil etish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, tumanimizda suv sporti turlarini ommalashtirishga, o‘g‘il-qizlarning yanada sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishiga, kelajakda ular orasidan jahon va Olimpiya chempionlari etishib chiqishiga zamin yaratadi.
Fikrlar