
Polsha - Senegal o‘yinida osiyolik hakamlar ishlaydi
FIFA JCh-2018 1-turidan o‘rin olgan Polsha hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar nomini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Moskvadagi "Spartak-Arena"da kechadigan o‘yinni bahraynlik Navaf Shukralla boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Yossir Abdulla Tulefat va qatarlik Tolib Al Marrilar yordamlashadi.
Zaxira hakami ham Qatardan - Abdulrahmon Al Jassim. Unga BAAlik Muhammad Al Hammadi yordam beradi.
Fikrlar