
Pogba yana "Yuventus"ga qaytishga tayyor, agar...
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi turinliklarning yozgi transferlar davridagi asosiy nishoniga aylangan. Agar MYu Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Pogbaning o‘zi ham jamoadan ketishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Pogba “Manchester Yunayted” safiga 2016 yil aynan “Yuventus” safidan kelib qo‘shilgan edi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar