
Pogba va Mourino o‘rtasidagi mojarolar barham topdi
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan yarashib oldi. Bu haqda frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola xabar berdi.
“Pogba Mourino bilan aloqalarni tikladi. Shu bois u hozir xotirjam va o‘zini yana jamoaning muhim futbolchisi sifatida his qilmoqda”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, Pogba va Mourino o‘rtasidagi mojarolar sentyabr oyi oxirida boshlangan edi. Shundan so‘ng ayrim nashrlar xatto frantsiyalik futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqida yozishdi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar