Pogba va Matich MYu mashg‘ulotlariga kelmadi, Sanches esa umumiy guruhda shug‘ullanmoqda

  • 16 yanvar, 2019, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi  Angliya premer-ligasining “Brayton”ga qarshi o‘yiniga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Tecno

BT Sport tarqatgan xabarga ko‘ra bugungi mashg‘ulotlarda Pol Pogba va Nemanya Matichlar  ishtirok etishmagan. Serbiyalik futbolchi o‘g‘il farzandli bo‘lgani uchun vataniga jo‘nab ketgan, ammo frantsiyalik futbolchining nega mashg‘ulotlarga kelmagani ma’lum emas. Shuningdek Kris Smolling ham mashg‘ulotlarga kelmagan.

Biroq, uzoq vaqtdan buyon jarohat olib maydonga tusha olmagan Aleksis Sanches umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!