
Pogba faqat bir shart bilan shartnomasini uzaytiradi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba faqat bir shart evaziga jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda 25 yoshli frantsiyalik futbolchi faqat maoshi oshirilgan taqdirdagina “qizil iblislar” bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin. Aniqrog‘i, Pogba jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanmoqchi. Ayni damda Pogbaning yillik maoshi 17,2 mln evroni tashkil etadi. MYuning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi esa Aleksis Sanches hisoblanadi. Uning maoshi yiliga 29,65 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Pogba mankuanliklar safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar